/ / «Nurota tumani ta’lim muassasalaridagi idoraviy arxivlar faoliyatini yuritish va idoraviy arxivlardagi saqlash muddati o‘tgan hujjatlarni davlat saqloviga topshirish chora – tadbirlarini belgilash haqida» gi masala ko‘rib chiqildi.

«Nurota tumani ta’lim muassasalaridagi idoraviy arxivlar faoliyatini yuritish va idoraviy arxivlardagi saqlash muddati o‘tgan hujjatlarni davlat saqloviga topshirish chora – tadbirlarini belgilash haqida» gi masala ko‘rib chiqildi.

Nurota tumani davlat arxivining tashabbusi bilan Nurota tuman Xalq ta’limi  muassasalari faoliyatini metodik  ta’minlash  va tashkil etish  bo‘limning  2017 yil 14 fevraldagi pedagogika kengashida  «Nurota tumani ta’lim muassasalaridagi idoraviy arxivlar faoliyatini yuritish va idoraviy  arxivlardagi saqlash muddati o‘tgan  hujjatlarni  davlat saqloviga topshirish chora – tadbirlarini belgilash  haqida» gi  masala ko‘rib chiqildi. Pedagogika  kengashida  58 ta o‘rta ta’lim  maktablarining  direktorlari va o‘quv  ishlari bo‘yicha  o‘rinbosarlari, 3 ta maktabdan tashqari  va 12 ta maktabgacha tarbiya muassasalari  rahbarlari, jami 

148  kishi  ishtirok etdi.

         Ko‘rilgan masala yuzasidan tuman ta’lim muassalari rahbarlariga  idoraviy arxivlar ishini talab darajasida yo‘lga qo‘yish, arxiv  ishi yuklatilgan xodimlarning ma’suliyatini oshirish, idoraviy arxivlar hujjatlari saqlovini me’yoriy talablar asosida tashkil etish, idoraviy arxivda saqlov muddati o‘tgan xujjatlarni tuman davlat arxivi saqloviga topshirish  chora-tadbirlarini  zudlik bilan amalga oshirilishini ta’minlashlari  yuzasidan tavsiya  va takliflar berildi.

            Shuningdek, «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi Qonun talablarini buzganlik uchun 2017  yil  01  martdan  kuchga  kiradigan «Ma’muriy  javobgarlik kodeksi»ning 215-prim. 4- moddasiga kiritilgan o‘zgartish to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Pedagogika kengashida ko‘rilayotgan masala  ochiq muloqot  va savol-javob tariqasida muxokama qilinib,  unda tumandagi 55- son maktab direktori A.SHokirov, 36- son maktab direktori N. Xo‘jamov, 57- son maktab o‘quv ishlari  bo‘yicha direktor o‘rinbosari,  arxiv ishi uchun  ma’sul  N.Bozorovlar o‘z fikr- mulohazalari va takliflarini bildirishdi. 

           Muhokama  yakuni  bilan  pedagogika  kengashining  tegishli  qarori  qabul  qilindi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!