celebration
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida davra suhbati bo’lib o’tdi.Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludi kuni munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 31 yanvar kuni Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida”gi Qarori e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyati davlat arxivi majlislar zalida mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, millat otasi Islom Karimov xotirasiga bag’ishlangan ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda Boshqarma va uning tarkibidagi barcha arxiv mussasalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Islom Abdug’aniyevich Karimov mustaqil O’zbekiston bunyodkori, millat qaddini tiklagan vatanparvar, o’zbek xalqini butun dunyoga tanitgan yetakchi sifatida Vatanimiz tarixida o’chmas iz qoldirganligi e’tirof etildi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!