celebration
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / Manzil yaqin, yo’llar ravon

Manzil yaqin, yo’llar ravon

Manzil yaqin, yo’llar ravon...

 

Istiqlol yillarida butun mamlakatimizda bo’lganidek, viloyatimiz markazidan tortib, Qizilqum bag’ridagi eng olis ovullargacha — barcha tuman va shaharlarimizdagi ichki va tashqi yo’llar obodonlashtirildi. Asfalt yotqizilgan keng, ravon ko’cha va yo’llardan Mustaqillik davrida bunyod etilgan avtomobil sanoatimizning eng sara namunalari — zamonaviy "Neksiya", "Lasetti", "Orlando", "Malibu" kabi qushdek yengil avtomashinalar, qulay va ixcham "Damas" mikro, "Isuzu" yo’lovchi avtobuslari, "MAN" rusumli qudratli yuk mashinalari qatnab, xalqimizning uzog’ini yaqin, mushkulini oson qilmoqda. Bundan tashqari, xorijdan keltirilgan ko’plab avtobus, yengil va yuk mashinalari yurtimiz ko’chalarini to’ldirdi.

Mazkur maqola viloyatimiz trans­port tizimida o’z o’rni va mavqeiga ega tash­kilotlardan biri — Navoiy shah­ri­dagi "Askomjtrans" mas’uliyati chek­langan jamiyati faoliyati haqida deb xabar bermoqda "navoi.uz" saytida.

Manzil yaqin, yo’llar ravon"Na­voiyazot" AJ yonidagi katta yo’l yoqa­si­dan  o’ngga burilib, biroz ichkari­ga yur­san­giz, MCHJning ulkan darvoza­siga ko’­zingiz tushadi. YAqin o’tmishda 23-av­tokorxona, deb atalgan jamiyatda sobiq ittifoqdan meros qo’pol, og’ir va be­so’­naqay avtobuslar yo’lovchilarni arang 2-3 soatda, amallab manziliga yet­­kazardi. Ehtiyot qismlar yetishmas­ligidan haftalab ustaxonada yotardi. Ko’p yonilg’i sarflaydigan bunday av­totransportlar atmosferaga chiqaradi­gan zaharli gazdan nafas olish ham qi­yinlashardi.

Ayni paytda 37 nafar ishchi-xodim fao­liyat ko’rsatadigan ushbu jamoa fuqarolarimizning uzog’ini yaqin, og’irini yengil qilib kelmoqda.

— 2012 yilda avtoparkimizni butkul yan­giladik, — deydi "Askomjtrans" MCHJ boshqaruvi raisi Ramziddin Dalliyev. — SHahrimizda "Umid nihollari" sport o’yinlari o’tkazilishi munosabati bi­lan o’sha vaqtda 20 ta "Isuzu" rusumli av­­tobus olib kelindi. O’zimizda ishlab chi­qarilayotgan zamonaviy va qulay mazkur avtoulovlar aholiga manzur va ular o’z mamnunliklarini yashirish­ma­yap­ti. Korxonamiz viloyat hududida yo’­lovchi tashish bilan shug’ullanadi. Av­to­­buslarimizda Nurota, Xatirchi va Samarqand viloyatining Paxtachi tuman­lariga ichki transport xizmati ko’rsa­ti­ladi. Bundan tashqari, MCHJ tasar­ru­fida ijaraga olingan 12 ta shaxsiy "Mersedes-Bens" rusumli xorij av­to­busi mavjud. Bu ulovlar esa viloyat hu­dudidan tashqarida, "Navoiy — Tosh­kent" yo’nalishida qatnaydi.

E’tiborlisi, avtobuslarning bar­chasi texnik, ularning haydovchilari tib­biy ko’rikdan o’tkazilgan ekan. Trans­­port vositalarining kabina va salonlari tozaligiga, texnik soz­li­giga katta ahamiyat qaratiladi. SHu­ning­dek, kiyinish madaniyatiga, odamlar bi­lan muomala qobiliyatiga ega, yo’l hara­kati tartib-qoidalarini tushunadigan va unga to’liq amal etadigan kishilarga av­toulovlar ishonib topshirilmoqda. Ay­niqsa, ijaraga olingan mashinalarga ham o’z mulkiday ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, avaylab-asrash har bir mulkdorning, ya’ni avtobus hay­dovchisining vijdon burchiga ay­lan­gan. Kunlik pul tushumlarini o’z vaq­tida g’aznaga topshirilishiga qat’iy rioya qilinadi. Yo’nalishda yurganlar belgilangan rejani bajarib, jamiyat iqtisodiyotini mustahkamlashga hissa qo’shadi. Deyarli har kun MCHJ xazi­na­siga tushgan pul mablag’lari "Ipoteka-bank" ATIBning viloyat filialiga yet­kaziladi. SHofyorlar topgan daromadi­ning 10 foizi oylik maosh sifatida plas­tik kartochkasiga pul o’tkazish yo’li bilan uzluksiz to’lanadi. Bayramlarda mukofot va yordam pullari ajratil­moq­da. Tabiiyki, rag’batga yarasha ish unum­dorligi yanada oshib, moddiy man­faatdorlik ham shunga yarasha bo’layotir.

Peshqadam haydovchilardan Istamtosh Suyarov, Normo’min SHosaidov, Olim Is­lomov bu borada boshqalarga o’rnak ko’rsatishmoqda.

— Texnikaning "umrini uzaytirish" maq­­sadida uni o’z vaqtida, sifatli ta’­mirlaymiz, — deydi usta Quvondiq Ro’­ziyev. — Haydovchilar ham avtobus­lar­ni ko’z qorachig’iday saqlab, urintir­mas­lik harakatida yurishadi.

Avtokorxona "Navoiy neft bazasi" uni­tar korxonasidan ajratilgan fond asosida yoqilg’i bilan ta’minlanadi. Avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxob­cha­laridan nisbatan arzon bo’lgan gaz yonilg’isi ham olinadi.

Tashkilotda ma’naviyat va ma’rifat ish­lari yo’lga qo’yilgan. Har haftaning seshanba kuni o’tkaziladigan "Ma’na­viyat soati"da ushbu sohaga mas’ul shaxs, bosh hisobchi Dilmurod Ochilov yurti­miz va dunyoda yuz berayotgan yangilik­lar­dan jamoani xabardor etadi. Dav­latimiz va Hukumatimiz yuritayotgan oqilona siyosat natijasida xalqimiz hayoti tobora farovonlashayotganligi, buning boisi bo’lgan tinchlik va oso­yish­talikning qadriga yetish to’g’risida jonli misollar keltirib o’tadi.

Bir so’z bilan aytganda, mazkur meh­nat jamoasida aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda ibratli ishlar amal­ga oshirilmoqda.

 

Istiqlol yillarida butun mamlakatimizda bo’lganidek, viloyatimiz markazidan tortib, Qizilqum bag’ridagi eng olis ovullargacha — barcha tuman va shaharlarimizdagi ichki va tashqi yo’llar obodonlashtirildi. Asfalt yotqizilgan keng, ravon ko’cha va yo’llardan Mustaqillik davrida bunyod etilgan avtomobil sanoatimizning eng sara namunalari — zamonaviy "Neksiya", "Lasetti", "Orlando", "Malibu" kabi qushdek yengil avtomashinalar, qulay va ixcham "Damas" mikro, "Isuzu" yo’lovchi avtobuslari, "MAN" rusumli qudratli yuk mashinalari qatnab, xalqimizning uzog’ini yaqin, mushkulini oson qilmoqda. Bundan tashqari, xorijdan keltirilgan ko’plab avtobus, yengil va yuk mashinalari yurtimiz ko’chalarini to’ldirdi.

Mazkur maqola viloyatimiz trans­port tizimida o’z o’rni va mavqeiga ega tash­kilotlardan biri — Navoiy shah­ri­dagi "Askomjtrans" mas’uliyati chek­langan jamiyati faoliyati haqida.

"Na­voiyazot" AJ yonidagi katta yo’l yoqa­si­dan  o’ngga burilib, biroz ichkari­ga yur­san­giz, MCHJning ulkan darvoza­siga ko’­zingiz tushadi. YAqin o’tmishda 23-av­tokorxona, deb atalgan jamiyatda sobiq ittifoqdan meros qo’pol, og’ir va be­so’­naqay avtobuslar yo’lovchilarni arang 2-3 soatda, amallab manziliga yet­­kazardi. Ehtiyot qismlar yetishmas­ligidan haftalab ustaxonada yotardi. Ko’p yonilg’i sarflaydigan bunday av­totransportlar atmosferaga chiqaradi­gan zaharli gazdan nafas olish ham qi­yinlashardi.

Ayni paytda 37 nafar ishchi-xodim fao­liyat ko’rsatadigan ushbu jamoa fuqarolarimizning uzog’ini yaqin, og’irini yengil qilib kelmoqda.

— 2012 yilda avtoparkimizni butkul yan­giladik, — deydi "Askomjtrans" MCHJ boshqaruvi raisi Ramziddin Dalliyev. — SHahrimizda "Umid nihollari" sport o’yinlari o’tkazilishi munosabati bi­lan o’sha vaqtda 20 ta "Isuzu" rusumli av­­tobus olib kelindi. O’zimizda ishlab chi­qarilayotgan zamonaviy va qulay mazkur avtoulovlar aholiga manzur va ular o’z mamnunliklarini yashirish­ma­yap­ti. Korxonamiz viloyat hududida yo’­lovchi tashish bilan shug’ullanadi. Av­to­­buslarimizda Nurota, Xatirchi va Samarqand viloyatining Paxtachi tuman­lariga ichki transport xizmati ko’rsa­ti­ladi. Bundan tashqari, MCHJ tasar­ru­fida ijaraga olingan 12 ta shaxsiy "Mersedes-Bens" rusumli xorij av­to­busi mavjud. Bu ulovlar esa viloyat hu­dudidan tashqarida, "Navoiy — Tosh­kent" yo’nalishida qatnaydi.

E’tiborlisi, avtobuslarning bar­chasi texnik, ularning haydovchilari tib­biy ko’rikdan o’tkazilgan ekan. Trans­­port vositalarining kabina va salonlari tozaligiga, texnik soz­li­giga katta ahamiyat qaratiladi. SHu­ning­dek, kiyinish madaniyatiga, odamlar bi­lan muomala qobiliyatiga ega, yo’l hara­kati tartib-qoidalarini tushunadigan va unga to’liq amal etadigan kishilarga av­toulovlar ishonib topshirilmoqda. Ay­niqsa, ijaraga olingan mashinalarga ham o’z mulkiday ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, avaylab-asrash har bir mulkdorning, ya’ni avtobus hay­dovchisining vijdon burchiga ay­lan­gan. Kunlik pul tushumlarini o’z vaq­tida g’aznaga topshirilishiga qat’iy rioya qilinadi. Yo’nalishda yurganlar belgilangan rejani bajarib, jamiyat iqtisodiyotini mustahkamlashga hissa qo’shadi. Deyarli har kun MCHJ xazi­na­siga tushgan pul mablag’lari "Ipoteka-bank" ATIBning viloyat filialiga yet­kaziladi. SHofyorlar topgan daromadi­ning 10 foizi oylik maosh sifatida plas­tik kartochkasiga pul o’tkazish yo’li bilan uzluksiz to’lanadi. Bayramlarda mukofot va yordam pullari ajratil­moq­da. Tabiiyki, rag’batga yarasha ish unum­dorligi yanada oshib, moddiy man­faatdorlik ham shunga yarasha bo’layotir.

Peshqadam haydovchilardan Istamtosh Suyarov, Normo’min SHosaidov, Olim Is­lomov bu borada boshqalarga o’rnak ko’rsatishmoqda.

— Texnikaning "umrini uzaytirish" maq­­sadida uni o’z vaqtida, sifatli ta’­mirlaymiz, — deydi usta Quvondiq Ro’­ziyev. — Haydovchilar ham avtobus­lar­ni ko’z qorachig’iday saqlab, urintir­mas­lik harakatida yurishadi.

Avtokorxona "Navoiy neft bazasi" uni­tar korxonasidan ajratilgan fond asosida yoqilg’i bilan ta’minlanadi. Avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxob­cha­laridan nisbatan arzon bo’lgan gaz yonilg’isi ham olinadi.

Tashkilotda ma’naviyat va ma’rifat ish­lari yo’lga qo’yilgan. Har haftaning seshanba kuni o’tkaziladigan "Ma’na­viyat soati"da ushbu sohaga mas’ul shaxs, bosh hisobchi Dilmurod Ochilov yurti­miz va dunyoda yuz berayotgan yangilik­lar­dan jamoani xabardor etadi. Dav­latimiz va Hukumatimiz yuritayotgan oqilona siyosat natijasida xalqimiz hayoti tobora farovonlashayotganligi, buning boisi bo’lgan tinchlik va oso­yish­talikning qadriga yetish to’g’risida jonli misollar keltirib o’tadi.

Bir so’z bilan aytganda, mazkur meh­nat jamoasida aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda ibratli ishlar amal­ga oshirilmoqda.

 

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!