celebration
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida “Hududlardagi davlat arxivlarida fondlashtirish va qayta fondlashtirish hamda respublika fond katalogi va davlat katalogiga ma’lumot kiritish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida “Hududlardagi davlat arxivlarida fondlashtirish va qayta fondlashtirish hamda respublika fond katalogi va davlat katalogiga ma’lumot kiritish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

“O‘zarxiv” agentligining 2016 yil 22 apreldagi 4-AF-son farmoyishiga asosan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarida ishlar namunali yo’lga qo’yilgan bo’lib, ularning amaliyotini Respublikaning barcha davlat arxivlarida keng qamrovli va samarali joriy etish, fondlashtirish va qayta fondlashtirish ishlarini yagona tartibda sifatli olib borish, fondlardagi o’zgarishlarini fond kartochkalarda to’g’ri aks ettirish va Respublikada fond katalogi hamda davlat katalogiga aniq ma’lumotlar kiritishni ta’minlash yuzasidan 2016 yilning 26-27 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida “Hududlardagi davlat arxivlarida fondlashtirish va qayta fondlashtirish hamda Respublika fond katalogi va Davlat katalogiga ma’lumot kiritish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivi, Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalaridan 85 nafar arxiv direktorlari, fondlarning bosh saqlovchisi, katta fond saqlovchilari, fond saqlovchilari bosh mutaxassislar, yetakchi arxivchilar, 1-toifali arxivchilar hamda arxivchi xodimlari ishtirok etdilar.

Mazkur seminar-treningda arxiv hujjatlarini fondlashtirishning maqsad va vazifalari, arxiv fondlarining turlari, fondlarni tashkil etish tartibi, qayta tashkil etilgan, qisqartirilgan va tugatilgan yuridik shaxslarning hujjatlarini fondlashtirish, arxiv fondlarining davriy chegaralari, arxiv fondining nomi, fondlarga raqam berish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!