celebration
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / Viloyat arxiv muassasalarida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o’tkazildi

Viloyat arxiv muassasalarida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o’tkazildi

 

 

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida umumxalq xayriya hashari

uyushqoqlik bilan o’tkazildi.

 

Navro’z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo’lgan o’zaro mehr-oqibat va hamjixatlikni yanada kuchaytirish, beg’araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, arxiv binolari atrofini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, viloyatning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash “Sog’lom ona va bola yili “Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish, 2016  yil mart-aprel oylarida  obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 12-13 mart kunlari  umumxalq xayriya hasharini uyushqoqlik bilan o’tkazish maqsadida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda uning tizimidagi arxiv muassasalarida hududning tuproq,  iqlim sharoitiga mos keladigan daraxtlarning turlarini aniqlab, manzarali va mevali daraxt ko’chatlari, qalamchalarini ekilishini tashkil etish, talab qilingan manzarali va mevali daraxtlarni yetkazib beruvchi o’rmon xo’jaligi va boshqa ko’chat yetishtiruvchilar bilan shartnomalar tuzildi.

Joriy yilning 12-13 mart kunlari umumxalq xayriya hasharini o’tkazildi, natijasida arxiv binolarining yon atroflaridagi yer maydonlariga ishlov berildi, yerlar ag’darildi va mavjud daraxtlarda butash ishlari olib borilib, taglari yumshatildi hamda daraxtlarga shakl berilib oqlandi.

arxiv muassasalarining bino atroflari hamda hovlilariga 135 dona mevali, 170 dona manzarali daraxtlar ekilidi.

obodonlashtirish va kukalamzorlashtirish ishlari o’tkazilishi jarayonida to’plangan chiqindilar alohida belgilangan joylarga olib chiqish ishlari to’liqligicha bajarildi.

qarovsiz yotgan yerlarga manzarali ekinlar va gullar ekish va boshqa obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi;

arxivlarning ichki hududi va yon atrofi zonalarga ajratildi va ularga  ekilgan daraxt ko’chatlari, gulzorlarni mavsum davomida parvarishlash, sug’orish, issiq kunlardan saqlash, shakl berib borish, zararkunandalardan himoya qilish yuzasidan xodimlar mas’ul etib biriktirildi.

 

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!