/ / Erkin industrial-iqtisodiy zona

Erkin industrial-iqtisodiy zona

Navoiy Erkin industrial-iqtisodiy zonasi to’g’risidagi ma’lumotlar.

Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi

Zamonaviy yuqori ishlab chiqaruvchanlikka ega xorijiy asbob-uskunalar va texnikalar, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini tatbiq etish hisobiga yuqori texnologik, dunyo bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning keng doirali turlarini ishlab chiqarish «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi (EIIZ) xo’jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatining asosiy yo’nalishi qilib belgilangan. 

«Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi (EIIZ)ni tashkil qilish konsepsiyasidan va tanlangan ustuvorliklardan kelib chiqqan holda, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi (EIIZ)da quyidagi tarmoqlar va yo’nalishlardagi korxonalar joylashtiriladi: 

  • elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish;
  • telekommunikatsiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish;
  • mashinasozlik, o’lchagich asbob-uskunalari va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish;
  • dori-darmon mahsulotlari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish;
  • oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash;
  • plastik va polimer buyumlarni ishlab chiqarish.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!