celebration
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / MUSTAQILLIK BERGAN IMKONIYATLAR

MUSTAQILLIK BERGAN IMKONIYATLAR

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  DAVLAT MUSTAQILLIGINING

25 YILLIGI OLDIDAN

 

MUSTAQILLIK  BERGAN  IMKONIYATLAR

(Interaktiv xizmatlarni davlat arxivlari faoliyatida

joriy etish to’g’risida)

 

                  Prezidentimiz tomonidan shu yil 2 iyundan imzolagan “O’zbekiston Respublikasi  davlat  mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qaroriga binoan, ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududida eng ulug’ va eng aziz ayyomni munosib kutib olish hamda tantanali ravishda nishonlashga qizg’in xozirlik ko’rilmoqda. Xususan, mazkur qutlug’ sanaga bag’ishlangan tashkiliy amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlari “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etishi ko’zda tutilgan.

            Vatan–yagona. Vatan–betakror. Shu bois unga har qarich yerini zarga, har qarich tuprog’ini oltinga qiyos etamiz. Ona zaminimizni muqaddas bilib, har bir ne’matini ko’zimizga to’tiyo aylaymiz. Istiqlol esa anashu ezgu an’analarimiz, tuyg’ularimizga jo’shqinlik bag’ishladi. Vatanimiz qadr-qimmatini yanada teranroq anglab yetayapmiz. Muhimi bugun xalqimiz yaratuvchanlik, bunyotkorlik ishqi, ishtiyoqi bilan yashamoqda. Buning ifodasi, avvalo  yurtimizning ko’rkam qiyofasi, turmushimiz faravonligi  ko’zga yaqqol tashlanadi. SHu ma’noda Vatan obodligi el farovonligi yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan odamlarni bugun har qadamda uchratasiz. YUrtdoshlarimiz ruhiyatida shiddat, ko’taringkilik seziladi. Ular bilan suhbatlashib dilingiz yayraydi. Qalbingizga nur unadi. Bunday Qizilqum kengliklarini ilon izidek kesib o’tgan ravon yo’ldan borar yekanmiz ustiga o’ynab avtomabillarni ortib, manzil sari intilayotgan qudratli mashinalar hayratimizni oshiradi. O’zingiz bir o’ylang, bundan atiga o’n besh yil ilgari kelajakda Ustyurt kengliklarida minglab odamlar, zamonaviy shahar bunyod etilib, uning so’lim xiyobonlarini yosh-yalanglaru bolalarining shodon hayqiriqlari to’ldiradi, desa, birov ishonarmidi?! Tumanlarimizni, qishloqlarimizni bir aylanib ko’ring, yangidan qurilayotgan maktabu kollejlar, tibbiyot muassasalari madaniy-ma’ishiy  inshooatlar ko’zni quvnatadi. Ota-bobolarimiz shunaqa yashaganda deb o’sha sharoitga ko’nikib ketgan kishilar qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida bunyod etilayotgan turar joylar ularda yaratilgan sharoitlarni ko’rib ruhlanib ketadi kishi. Hozir qaysi uyga bormang ular o’zimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy sovitgichlar, muzlatgichlar, televizorlar bilan jihozlangan.

Mustaqillik yillarida iqtisodiyotimizga qariyib 6 barobar, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlar 12 barobardan ziyod oshgani, oltin-valyuta zaxiralarimiz barqaror sur’atlar bilan ko’payib borayotgani misolida keng ko’lamli iqtisodiyot islohatlarimizning amaliy samarasini ko’rsatish, oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erishish yo’lida mamlakatimizning xalqaro maydonda raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiyotimizni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan tarraqqiyotimizning lokomotivi bo’lgan yetakchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish,  iqtisodiyotimizda davlat ishtirokini bosqichma bosqich kamaytirib borish, Konstitutsiyamizda ko’zda tutilgan xususiy mulkning ustivorligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada kuchaytirish kabi o’ta muxim yo’nalishlarning jamoatchiligimizga, halqimizga sodda va ta’sirchan usullarda yetkazib borilmoqda.

            Vatanimiz o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng barcha sohalar ravnaqi uchun ko’plab ishlar olib borildi, shu qatorda arxiv ishini rivojlantirishda ham bir qancha Qonun va  Qarorlar qabul qilinib, bularga  2010 yil 15 iyundagi “Arxiv ishi to’g’risida”gi qonun, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to’g’risida”gi 101-son qarori  hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 apreldagi “Arxivlarning asosiy ish turlari bo’yicha vaqt va ishlab chiqarishning Namunaviy normalarini tasdiqlash haqida”gi 100-son qarorlari  misol bo’la oladi.

            Mustaqillik yillarida ko’plab zamonaviy arxiv binolari qurilib foydalanish uchun topshirildi. Arxiv xonalari zamonaviy dizaynga ega bo’lgan jihozlar, stelajlar, telekommunikatsiya vositalari va skaner apparatlari bilan ta’minlangan.

            Arxivlarda Elektron hujjat aylanishi to’liq yo’lga qo’yilgan. Kelejakda elektron arxivlarni yaratish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Arxiv sohasida katta o’zgarishlar bo’lmoqda deydi Zarafshon shahar davlat arxiviga kelgan fuqaro Mamыtova Baktigul arxiv xonalari keng, yorug’ zamon talabiga javob beradigan jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan  yigirma besh yil ilgari viloyatma -viloyat sarson bo’lib hujjat izlardik, hozirgi sharoitni ko’rib ko’z quvnaydi, farzandlarim, nevaralarimga aytaman bu fayz mustaqilligimiz! Uning qadriga esa yetishimiz kerak.

             Mustaqillik buyuk ne’mat ekanini xalqimiz toboro chuqurroq tushunib yetayapti deydi fuqoro Xorolskiy Oleg Mixaylovich  istiqlolimizning  ilk yillarida boshlangan  islohatlar bugun o’z natijasini bermoqda. Bu o’zgarish yangilanishlar odamlar ruhiyatiga ko’tarinkilik bag’ishlab, bunyotkorligu yaratuvchanlikka chorlayotir. Zarafshon shahar davlat arxiviga o’qiganligim to’g’risida ma’lumot olgani kelganimda hujjatlar tartib bilan joylashtirilganligini ko’rib xursand bo’ldim, har bir xodimga alohida xona, fuqorolarni qabul qiladigan  xona alohida  bo’lib  barcha sharoit mujassam, shu jumladan  xonalar  zamon talabiga javob beradigan mebellar, kampyuterlar, printerlar, sovutgichlar bilan jihozlangan.

Yana shuni qo’shimcha qilib aytishimiz mumkinki Zarafshon shahar davlat arxivining elektron pochtasi orqali (zarafshanarchiv@inbox.uz) ham Yurtimizning uzoq hududlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinmoqda.

        Navoiy viloyat arxiv ishi hududiy boshqarma va viloyat arxiv muassasalarida axborot almashinuvi elektron raqamli imzo bilan “Exat” himoyalangan pochta tizimi orqali yo’lga qo’yilgan. Natijada hozirgi kunda viloyat arxiv muassasalari o’rtasida qog’ozsiz axborot aylanish hajmi  89,7% ni tashkil etadi. Murojatlar og’zaki yoki yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin.  O’zbekiston Respublikasi YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalidagi foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi “O’zarxiv”  agentligi tizimidagi tashkilotlariga yuborilgan murojaatlar bilan ishlash tartibi talablari xisobga olingan xolda ushbu belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi. Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatlarning  identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo’lgan elektron hujjat shaklida kelib tushmoqda.  

             Navoiy viloyati hududiy arxiv ishi boshqarmasi yagona enteraktiv xizmatlari portali orqali oylik maoshini tastiqlash to’g’risidagi, mehnat faoliyatini tasdiqlash to’g’risidagi va taqdirlanganligini tasdiqlash to’g’risidagi arxiv ma’lumotnomalarini berish xizmatlarini amalga oshirib kelmoqda. Nafaqat Respublikamizning uzoq hududlari qolaversa MDX davlatlardan murojaatlar kelib turibdi. Birgina  Navoiy viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi bo’yicha 2015 yilda  Respublikamiz va MDX davlatlaridan 25 ta  murojat kelib tushgan, 2016 yil iyun xolatiga bu ko’rsatkich 17 tani tashkil qiladi.

             Turmushimizdagi zamonaviy sharoitlar qulayliklar yetti uxlab tushimizga kirmaydigan bunyodkorlik ishlari o’zi-o’zidan bo’lib qolyaptimi? Bularning barchasi–Prezidentimiz tomonidan uzoqni ko’zlab olib borilayotgan oqilona siyosat mevasi. SHunday qobiliyat, iste’dod va yaratuvchanlik dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari bilan teng odim tashlash shunday ulug’ muqaddas maqsadlarning ro’yobga chiqishi uchun hamma sharoit muhayyo etilgan . Endi gap imkoniyatlarga munosib bo’lishda.

 

 

Nodirbek Ergashev

Zarafshon shahar davlat arxivi direktori                                                                                                 

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!