/ / / KEKSALARNI E'ZOZLASH, ULARGA HURMAT EHTIROM KO`RSATISH—XALQIMIZGA XOS FAZILAT

KEKSALARNI E'ZOZLASH, ULARGA HURMAT EHTIROM KO`RSATISH—XALQIMIZGA XOS FAZILAT

Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ijobiy hislatlar joy olgan. Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi ulug‘ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ularning kо‘p yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand bо‘lish va duolarini olib yurishdir.
 
Zero, xalqimizning "Keksasi bor uyning farishtasi bor”, "Qarisi bor uyning – parisi bor”, "Qarilikni donolik bezar” degan hikmatli naqllari bor. Bu bejiz emas, albatta. Ana shu olijanob qadriyat, fazilat bugun davlatimiz siyosatida ham о‘z ifodasini topganligidan barchamiz mamnunmiz. 
 
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari tomonidan "Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos fazilat” shiori ostida keksa avlod arxivchilari ishtirokida madaniy- ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. 

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!