MINNATDORMIZ!

"Oʻzarxiv” agentligi tomonidan eʼlon qilingan "YIL TANLOVI – 2020” "Eng namunali milliy arxivi va arxiv ishi hududiy boshqarmasi” jamoatchilik soʻrovnomasida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi 1-oʻringa munosib topildi.

2020-yil arxiv sohasi uchun tub islohotlar yili boʻldi. Joriy yilda arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan 1 ta Qonun, 6 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar raqamalashtirildi.

Ommaviy axborot vositalari bilan keng koʻlamli hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, aloqalar yangi shakl va mazmunda olib borildi. Natijada islohotlarning tezkorligi fuqarolar manfaatlariga xizmat qilib, yangiliklarning samaradorligi oshdi. Ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ommaviy axborot vositalarida berilgan maʼlumotlarning tezkor oʻqilishi natijasida davlat arxivlaridagi hujjatlardan foydalanuvchilar soni oʻtgan yillarga nisbatan oshdi.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining faoliyati "Oʻzarxiv” agentligi tomonidan 1-oʻringa loyiq koʻrilishi faxr oʻygʻotishi bilan bilan birga, kelgusida bunga munosib boʻlishdek ulkan masʼuliyat yuklaydi.

Faoliyatimizni respublikada eng namunali deb eʼtirof etgan "Oʻzarxiv” agentligiga, Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari faoliyatini keng ommaga targʻib qilishda yaqindan hamkorlik qiliyotgan OAV vakillariga hamda ushbu soʻrovnomada ovoz yigʻishga koʻmaklashgan barcha ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

veb-site https://navoiarxiv.uz/

facebook https://www.facebook.com/Navoiyarchive

instagram https://www.instagram.com/navoiyarchive/?hl=ru

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!