/ / / Karmana tumani davlat arxivida davra suhbati oʻtkazildi.

Karmana tumani davlat arxivida davra suhbati oʻtkazildi.

 Joriy yilning 20-noyabr kuni Karmana tumani Salomatlik markazi rahbari H.Fayziyeva va Karmana tumani davlat arxivi xodimlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi "Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosi yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi. 
  Tadbir davomida Salomatlik markazi rahbari H.Fayziyeva arxiv xodimlari doimiy oʻtirib ishlashini inobatga olgan holda jismoniy faolligini ragʻbatlantiruvchi sogʻlom turmush tarzi yuritish koʻnikmalarini shakllantirish va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tushunchalar berib oʻtdilar.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!