/ / / "Mustaqillikning shonli yillari" nomli maqolalar tanlovini o‘tkazish tartibi

"Mustaqillikning shonli yillari" nomli maqolalar tanlovini o‘tkazish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv” agentligi tomonidan "Mustaqillikning shonli yillari" nomli eng yaxshi maqolalar (MASOFAVIY TANLOV) e’lon qilinadi.Tanlovda aholining barcha qatlamlari, xususan davlat, nodavlat, idoraviy arxivlarda faoliyat yuritayotgan arxivchilar, shu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar, mustaqil tadqiqotchilar jalb qilinishi mumkin.Tanlovga maqolalar shu yilning 3 avgustida 27 avgustiga qadar qabul qilinadi.Tanlov g‘oliblari mustaqillik kuni arafasida e’lon qilinadi.
Tanlov koronavirus pandemiyasi talablari va Agentlikning tegishli tavsiyasiga binoan masofaviy ravishda o‘tkaziladi. Tanlovga kelib tushgan maqolalarni saralash va baholash ham komissiya a’zolari tomonidan telegramm ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan guruh orqali olib boriladi.
Tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi "O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv muassasalarining rasmiy saytlari, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e’lon qilinadi. 
Shuningdek maqolalalarni baholash maqsadida arxiv sohasida ko‘p yillardan buyon faoliyat olib borayotgan malakali xodimlar, ilmiy ishlar bilan muntzam shug‘ullanib kelayotgan o‘qituvchi-professorlar, hamda sohaga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlab beradigan O‘zMU Tarix fakulteti "Arxivshunoslik va manbashunoslik” kafedrasi mudiri va o‘qituvchilar ishtirokida tanlov komissiyasi tashkil etilib, tanlov komissiyasi tarkibi ham e’lon qilinadi.
Tanlovga maqolalar qabul qilish qo‘yidagi asosiy yo‘nalishda olib boriladi:
Maqolada O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan muhim islohotlar va arxiv sohasining rivojlanishi, soha istiqbolini belgilab beruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi xususida ma’lumotlar kiritilishi mumkin (maqolalarda mustaqillik yillarida O‘zbekistonning rivojlanishi, jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, tashqi va ichki siyosatdagi mustaqilligi, iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, madaniyat va sportning rivojlanishi xususida fikr yuritilishi mumkin) mustaqillik yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi va ish yuritish sohasining mustaqillikgacha bo‘lgan tarixi, mustaqillikning ilk yillari, rivojlanishi, arxivlarning moddiy—texnik bazasining rivojlantirilishi, zamonaviy, ko‘rkam binolarning qad rostlashi, arxivlarda hujjatlarni jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, arxivlarni boshqarishda xorijiy tajribalardan foydalanish va axborot tizimlarini joriy etish yuzasidan fikr yuritilishi mumkin).
Tanlovga maqola berish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi.
- Maqolalar oldin hech qaysi konferensiya va OAVda e’lon qilinmagan bo‘lishi kerak;
- Maqolalarda yuritilayotgan fikr-mulohazalarda manba yoki elektron manbalardan olingan faktlar va fikrlar bilan birgalikda muallifning shaxsiy fikr-mulohazalari kiritilgan bo‘lishi;
- Maqolalarga muhim faktlar va ma’lum shaxslarning fikr-mulohazalari kiritilgan bo‘lsa ularning manbalari maqolaning pastki havolalar qismida ko‘rsatilishi shart;
- Maqola A4 formatli  WORD redaktor dasturida, 14 shriftda Times New Roman usulida, ko‘pi bilan 4 varaqqacha bo‘lishiga ruxsat  etiladi.
Komissiya tomonidan maqolalar o‘rganiladi hamda g‘oliblikka loyiq deb topilgan  3 ta ishtirokchi tanlov g‘olibi sifatida aniqlanadi. Shuningdek tanlovga kelib tushgan maqolalarni saralash natijalarida rag‘batlantirish maqsadida turli nominatsiyalarda g‘olib deb topilgan maqolalar ham tanlov asosida aniqlanadi.
Tanlovga kelib tushgan maqolalar va ularning mavzularini tanishtirish maqsadida "O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv muassasalarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali yoritib boriladi.
Maqolalar "O‘zarxiv” agentligining ijtimoiy tarmoqlari orqali a.turapov@archive.uz elektron pochtasiga qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari qo‘yidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi.
1-o‘rin sohibi: O‘zbekiston Milliy arxivi fondidagi Xalkaro YuNESKO tashkilotining madaniy meros ruyxatiga kiritilgan Xiva xoni devonxonasining aloxida  qimmatli hujjatining nusxasi 

2-o‘rin sohibi: O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi fondidagi aloxida  qimmatli xujjat sifatida e’tirof etilgan kinofilmning nusxasi, rasmlari bilan birga.
3-o‘rin sohibi: "O‘zbekiston arxivlari 100 yoshda” nomli kitob-albom.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!