/ / #Ғалаба #победа

#Ғалаба #победа

#Ғалаба #победа

Bekov Said Pirovich

1910 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tavallud topgan. 1939-1940 yillarda Sovet-fin urushi, 1941-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

S.Bekov urush davomida bir qator shaharlarni nemist-fashistlaridan ozod etishda ishtirok etgan. Ukraina, Moldova Respublikalari, Voroshilovograd va Donetsk shaharlarini ozod etishdagi janglarda ishtirok etgan.

Said Bekov urushdan so’ng bir qator medallar va ordenlar bilan mukofotlangan.

"1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 25 yilligi”;

"1941-1945 yillardagi Ulug’ Vatan urushidagi g’alabaning 40 yilligi”;

"1941-1945 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligi”;

"1941-1945 yillardagi Ulug’ Vatan urushidagi g’alabaning 60 yilligi” medali bilan taqdirlangan.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1988 yil 23 fevraldagiFarmoniga muvofiq "SSSR Qurolli kuchlarining 70 yilligi” medali bilan taqdirlangan.

Nemis- fashist bosqinchilari bilan kurashda ko’rsatgan bahodirligi, matonati va jasorati uchun " I darajali " Vatan urushi” ordeni bilan taqdirlangan.

Ukraina Prezidentining 1994 yil 10 martagi Farmoniga muvofiq "Ukraina ozod etilganligining 50 yilligi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 6 maydagi Farmoniga binoan "JASORAT” medali bilan mukofotlangan.

Bekov Said Pirovich 2009 yil 28 fevralda 99 yoshida Navoiy shahrida hayotdan ko’z yumgan.

Ushbu hujjat Navoiy viloyati davlat arxivida S.Bekovning shaxsiy kelib chiqish fondida saqlanmoqda. Fond SH-727, R-1.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati.



Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!