/ / Arxiv sohasida tajriba almashish.

Arxiv sohasida tajriba almashish.

Arxiv sohasida tajriba almashish.

Arxiv sohasida tajriba almashish.

Joriy yilning 20-21 aprel kunlari Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i boshchiligida Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining tizimidagi yetakchi arxiv muassasalari rahbarlari Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va tizimdagi arxiv muassasalarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Navoiy viloyatida bo’lishdi.

Tashrif davomida Andijon viloyati arxiv sohasi vakillari Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, viloyat davlat arxivi, Nurota va Karmana tumani davlat arxivlari hamda Navoiy shahar xo’jalik hisobidagi shaxsiy tarkibi hujjatlari arxivining ish faoliyati, hujjatlarini jamlash, ularning hisobini olib borish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Navoiy viloyati arxiv ishi tomonidan hujjatlarni hisobini yuritishda arxiv muassasalari faoliyatiga joriy etilgan innovatsiyalar ularda katta qiziqish o’yg’otdi.

Shuningdek, Andijon viloyatida arxiv sohasini takomillashtirish borasida Navoiy viloyati tajribasini tadbiq qilish borasida kelgusida o’zaro hamkorlik olib borishga kelishildi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!