/ / Arxiv – davrlar guvohi

Arxiv – davrlar guvohi

 

Arxiv – davrlar guvohi

 

Mustaqillik barcha sohalarda yangi-yangi qirralar ochilishiga yo’l berdi. Bugungi obodlik va yaratuvchanlikni ko’rib ko’zingiz quvonadi. Viloyatimizda arxiv sohasida amalga oshirilgan ishlarning ham nihoyatda ko’lami keng. YAqin o’tmishni ko’rgan inson bugun arxivlarimizni ko’rsa, o’rtadagi farqni darrov anglaydi. Viloyatimiz arxivi tarixiga bir nazar tashlasangiz kechagi va bugungi arxiv to’g’risida tasavvurga ega bo’lamiz....

 

Navoiy viloyati Respublikamizning eng kenja viloyati. Viloyat sifatida tashkil etilgunga qadar shahrimiz bir bu viloyatga, bir boshqa viloyat tarkibiga qo’shib yuborilishi arxiv sohasiga ham jiddiy salbiy tasir ko’rsatgan. YAni arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning goh u, goh bu viloyat arxivlari o’rtasida “sarson” yurishi natijasida ayrim hujjatlarning yo’qolishiga, ko’pgina hujjatlarning sifati bo’zilishiga sabab bo’lgan edi.

SHuningdek, idoraviy arxivlar faoliyatining yaxshi yo’lga qo’yilmaganlagi sababli Mustaqiligimizning dastlabki yillarida ayrim korxonalarning hujjatlari yo’q bo’lib ketdi. Achinarlisi, ayrim korxonalarda bu ish suniy ravishda qilindi. SHuning uchun arxiv sohasi mustaqilligimizning dastlabki yillarida jiddiy kamchiliklarga duch keldi.

Biroq hukumatimiz, viloyat hokimligi rahbarligi va amaliy yordami bilan arxiv sohasi bu kabi qiyinchiliklardan tezda chiqib keta oldi. Men arxiv sohasidagi tajribamdan kelib chiqib, viloyatimiz arxivlari tarixining mustaqillik yillari davrini uch davrga bo’lgan bo’lar edim.

Birinchi davr - 1992 yildan -2000 yilgacha bo’lgan davr. Bu davr viloyatimizda arxivlarni qayta tashkil qilish, hujjatlarini qayta sanoqdan o’tkazish va jamlash davri bo’ldi. Bu davrda juda keng ko’lamdagi ishlar amalga oshirildi.

Ikkinchi davr -  2000 yildan – 2010 yilgacha bo’lgan davr. Bu davrda arxiv muassasalarining moddiy texnika bazasini yaxshilash, kadrlar tayyorlash, idoraviy arxivlar faoliyatini belgilangan tartibda yo’lga qo’yish kabi etiborli vazifalar amalga oshirildi. Bu davr arxiv muassasalari faoliyatini yaxshilanishida chinakam ahamiyatli davr bo’ldi desak xato qilmaymiz.

Uchinchi davr – 2010 yildan hozirgacha bo’lgan davr. Bu davr to’plangan tajriba va ko’nikmalarini faoliyatga jalb qilib, arxiv muassasalari faoliyatini rivojlanitirish davridir. Bu davrning ahamiyatli jihatlari ko’p. Jumladan, birgina idoraviy arxivlar faoliyatining yaxshilanishini olishimiz mumkin. Bugun aksariyat korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari yoki masul xodimlarining arxiv sohasiga munosabatlari ijobiy tomonga o’zgardi. Bu quvonarli hol. CHunki, bugun korxana rahbari arxiv hujjatlariga “ikkinchi darajali” hujjat sifatida qaramaydi. Zero arxiv hujjati – bu tarix. Tarix esa kelajak avlodga bus-butun yetkazilishi shart. Muhtaram Prezidentimiz taqidlaganlaridek “Tarix xaqiqatini to’laligicha keyingi avlodga yetkazish har bir insonning kelajak oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi”.

Bugun viloyatimizda viloyat davlat arxivi, 7 ta shahar (tuman) davlat arxivlari va 4 ta shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari faoliyat ko’rsatib, ularda 100 yaqin arxivchilar ishlamoqda. Arxivlarning moddiy texnika bazasi yaxshilangan. Arxiv xizmatlari turlari kengaymoqda. Har bir arxiv muassasasi kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan. Arxiv muassasalari tomonidan interaktiv xizmatlar ko’rsatish yo’lga qo’yilgan. Bugun arxivlarimizda 238783 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Ularning 175234 saqlov birligini boshqaruv, 63549 saqlov birligini shaxsiy tarkib hujjatlari tashkil etadi.

Arxiv davrlar guvohidir. Arxiv xujjati o’z davri to’g’risida guvohlik boradi. SHunday ekan har bir hujjatni bus-butunchilikda kelajak avlodga yetkazish uchun barchamiz masulmiz...

 

 

Navoiy viloyati arxiv ishi boshqarmasi boshlig’i    S.Bekova

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!