#Hujjat

#Hujjat
#Hujjat

Gusev VasiliyVasilevich 1925 yilning 1 martida Saratovsk viloyatining Rshitevsk tumani Podgorenko qishlog’ida tug’ilgan.

1935 yildan SHimoliy Qozog’istonning Paxta Aral sovxozida yashagan. U 7 yillik maktabni tugatib, traktorchi bo’lib ishlagan. 1943 yilda sovet armiyasi safida xizmat qilishga chaqirilgan va Gomelsk harbiy bilim yurtiga o’qishga yuborilgan. SHu yilning iyul oyida Gomelsk harbiy bilim yurtidagi barcha kursantlar I-Ukraina frontiga yuborilgan.

V.V.Gusev fashest bosqinchilariga qarshi kurashda o’zining munosib hissasini qo’shgan.

U 1943 yil 17 noyabrida Dnepr daryosidagi jangda ko’rsatgan jasorati uchun "Sovet Ittifoqi qahramoni” unvoni va Bukrinskiyjangida "Qizil YUlduz” ordeni bilan taqdirlangan.

Ushbu hujjat Navoiy viloyati davlat arxivida saqlanmoqda. Fond SH-174, R-1, 21-s.b.


Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!