/ / / #Ғалаба75 #Победа75

#Ғалаба75 #Победа75

#Ғалаба75 #Победа75

Ochil Navro’zov 1922 yilda Nurotadagi o’rta uchastkada kosib oilasida tug’ildi. Barcha tengqurlari qatori Pushkin nomli o’rta maktabda ilm ziyosidan bahramand bo’ldi. Tirishqoq, zehni o’tkirligi tufayli maktabning yuqori sinfida o’qib yurgan kezlardayoq Quybishev nomli 7 yillik maktab qoshidagi savodsizlikni tugatish kurslarida dars berdi. 1941 yilda Pushkin nomli maktabning birinchi bitiruvchilaridan bo’ldi.

O’rta maktabni bitirgach Karl Libknext nomli to’liqsiz o’rta maktabida matematika fanidan dars berdi.

1942 yil iyun oyida Ochil Navro’zov ham bir guruh Nurota fuqarolari bilan Vatan himoyasiga otlandi. U Bryansk, 2-Boltiq bo’yi, 1-Belorussiya, 2- Uzoq sharq frontlari sostavida 10-15 harbiy havo kuchlari, 287- alohida qiruvchi batalon sostavida oddiy askar sifatida jangga kirdi. 2-Boltiq bo’yi fronti sostavida 1944 yilning iyul oyida Latviya SSRning markazi Riga shahrini nemislardan ozod qilish janglarida ishtirok etdi. Ana shu janglarda yaxshi namuna ko’rsatib Oliy Bosh Qo’mondonlikning rahmatnomasini olishga erishdi.

U gazandalar uyasi Berlingacha bo’lgan jangovor yo’lni bosib o’tdi. G’alaba kunini Berlinda kutib oldi. Hali ikkinchi jahon urushi tugamagan edi. Fashistlar Germaniyasining sharqdagi eng yaqin hamtovoqlari yapon militaristlari 1945 yil avgust oyida sovet hukumatiga qarshi urush boshladi. Ochil Navro’zov ham harakatdagi armiya tarkibida ana shu janglarda faol ishtirok etdi. U Ulug’ Vatan urushi janglaridagi xizmatlari uchun bir nechta jangovor medallar bilan taqdirlandi.

Ochil Navro’zov 1946 yil yanvar oyida ona qishlog’i Nurotaga qaytib kelib, mehnat faoliyatini Pushkin nomli o’rta maktabda davom ettirdi.
#Ғалаба75 #Победа75

Hujjat Nurota tumani davlat arxivida Ochil Navro’zovning shaxsiy kelib chiqish fondida saqlanmoqda.

Fond-127, ro’yxat-1, saqlov birliklari-2,6,8.


Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!