Qiziltepa tumani davlat arxivi

Umarov Dilshod Sulaymonovich-Qiziltepa tumani davlat arxivi direktori.
Bog’lanish:

Tel.: 8(436)555-28-45

e-mail: qiziltepa_arxiv@inbox.uz

Fuqarolarni qabul qilish kuni: Dushanba 10-00 – 12-00
Manzili:O’zbekiston Respublikasi Qiziltepa tuman, indeks:210400.
 
 

Arxiviga yuklatilgan asosiy vazifalar:

 - Arxiv faoliyatini tashkil qiladi va Navoiy viloyat hududiy arxiv ishi boshqarmasining ko’rsatma va topshiriqlari, buyruqlari asosida arxivga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni ijrosi uchun shaxsan javobgarlik qiladi, arxiv xodimlarining ko’p qirrali faoliyatiga ma’suliyatlilik darajasini joriy qiladi.

- Tashkilot, korxona va muassasalarga vaqtinchalik foydalanish uchun hujjatlarning berilishini nazorat qiladi.

- Arxiv o’quv xonasiga tadqiqotchilarning kirishi va izlanishlari bo’yicha masalalarni yechadi.

- O’z vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi va ularning ijrosini nazorat qiladi.

- Arxiv joylashgan binoning texnik-ekspluatatsion holatiga javob beradi, uning joriy va kapital ta’mirini tashkil qiladi, arxiv hujjatlarining saqlanishi, ishlov berilishi va foydalanish va qo’riqlash yuzasidan yangiliklarni joriy qiladi;

- Arxivning jihoz va materiallarga bo’lgan ehtiyojini belgilab beradi va ta’minlaydi.

- Xodimlarning malakasini oshirish va mehnatni ilmiy tashkil qilish borasida tadbirlarni amalga oshiradi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!