Bosh sahifa > Davlat ramzlari > O'zbekiston Davlat Madhiyasi

O'zbekiston Davlat Madhiyasi


25-08-2014, 10:39. Muallif: info

O'zbekiston Davlat MadhiyasiO`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi - davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.

 

Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burhonov, so`zini shoir Abdulla Oripov yozgan.


Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,
Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:


Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod!

Naqorat:


Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Ortga qaytish