celebration
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / O'zbekiston Davlat Gerbi

O'zbekiston Davlat Gerbi

O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi - davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.

Davlat gerbi dumaloq ko`rinishga ega bo`lib, bu shaklning so`l tomoni rizq-ro`zimiz timsoli - bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa o`zbekning dong`ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz - chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan, uzoqdagi tog`lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu O`zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa O`zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz, markazida - baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga "O`zbekiston" deb yozib qo`yilgan.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!